Qoraqalpog’istonda «In-vitro» usulidagi birinchi embrion transplantatsiyasi natija berdi
Xo‘jayli tumanida ishga tushirilgan embrion ishlab chiqarish laboratoriyasida naslli qoramollarning embrionlarini tayyorlash hamda sigirlarga ko‘chirib o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2026 yil 4 may kuni Nukus tumanidagi «Qo‘ng‘irotboy Mehri» naslchilik fermer xo‘jaligida Qoraqalpog‘iston sharoitida embrion transplantatsiyasidan Golshtin zotli birinchi buzoq olindi.

Ma’lumot uchun: Belarussiyadan olib kelingan golshtin zotli buqaning urug‘ini golshtin zotli sigirga solib, embrion yuvib olindi hamda tayyorlangan embrion mahalliy sigirga 2025-yil 5-avgust kuni ko‘chirib o‘tkazildi va embriondan birinchi urg‘ochi buzoq olindi. Tug‘ilgan buzoqning tirik vazni 32 kg hozirgi kunda ahvoli yaxshi.