Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

qrvetgov.uz | 31 March 2021| 982

Bo‘sh ish o‘rinlari

Ishga qabul qilish tartibi va yaratilgan sharoitlar

Hurmatli fuqaro!
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni hamda Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-son Farmoni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

– “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalangan holda “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (vacancy.argos.uz) dasturiy-apparat kompleksiga;
– Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga va ijtimoiy tarmoqlardagi e’lon sahifalariga joylashtiriladi.

Yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeyidan qat’iy nazar, o‘zlarining kasbiy, ishbilarmonlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlar hamda ma’lumot darajasiga ega, shunindek, davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash huquqi qonunchilik bilan cheklanmagan va tegishli lavozimni egallash uchun malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tizimiga ochiq mustaqil tanlov orqali ishga qabul qilinadi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content