Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

26
May

qrvetgov.uz| 858

Organik  mahsulotlar ishlab chiqarish  Qonun bilan tartibga solindi

 

 

“Organik mahsulotla rto’g’risida”gi  Qonun (O’RQ-766-son, 25.04.2022-y.) Prezident tomonidan  imzolandi.

Mazkur  qonun organik mahsulotlarni  ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, transportda  tashish, tamg’alash varealizasiya qilish, shuningdek  muvofiqlikni  baholash va  avtorizatsiyalashtirishni  tartibga  soladi.

Organik mahsulotlar ishlab  chiqarishga  o’tkazilgan  qishloq xo’jaligi  ekinlarini  yetishtirishning  o’ziga  xos  xususiyatlarini  hisobga  olgan holda  sertifikatlashtirilgan organik  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  uchun  subsidiyalar  ajratiladi.

Organik mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda

  • sog’lom hayvonlar va o’simliklardan;
  • xavfsiz mahsulotlardan;
  • kelib chiqishi hayvonlar vao’simliklarga  mansub  bo’lgan  xomashyodan  foydalaniladi.

Organik  mahsulotlarni  tamg’alashda:

  • “organic” (organik);
  • “biologic” (biologik);
  • “ecologic” (ekologik);
  • “natural” (tabiiy) degan  so’zlardan  foydalanilishi  mumkin.

O‘zbekistonga organik mahsulotlarni  olib kirishda chet  davlatning muvofiqlikni  baholash  organi  tomonidan  berilgan  organik  jihatdan  muvofiqlik  sertifikatining  va   ushbu  mamlakatda  qabul  qilingan  namunadagi  organik  mahsulotlarning  kelib  chiqishini  tasdiqlaydigan  sertifikatning  ko‘chirma  nusxalari  taqdim  etilishi  kerak.

O‘zbekistonga   olib  kiriladigan  organik   mahsulotlarga   nisbatan  qonunchilikda  belgilangan  sanitariya,  fitosanitariya, veterinariya  hamda  veterinariya-sanitariya  qoidalari  va  normalari   qo‘llaniladi.

Organik  mahsulotlarni  O‘zbekiston  hududidan  olib  chiqish  Vazirlar  Mahkamasi   tomonidan  tasdiqlangan  shakldagi  organik  jihatdan  muvofiqlik  sertifikati  taqdim  etilganda   amalga  oshiriladi.

Organik  mahsulotlarni  ishlab  chiqaruvchilar   reestri  yuritiladi  va  Qishloq  xo’jaligi  vazirligi  rasmiy  veb-saytiga   joylashtiriladi.

Qonun  rasmiy  e’lon   qilingan  kundan 3 oy o’tgach  kuchga   kiradi.

Manba: O’RQ–766-son Qonun, 25.04.2022-y.

 

 

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content