Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

14
June

qrvetgov.uz| 431

Ilk bitiruvchilar malakaviy ishlarini himoya qildi

 

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining ilk bitiruvchi talabalari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildi.

Jumladan, “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti Veterinariya meditsinasi yo‘nalishining 7 nafar bitiruvchisi 4 yil mobaynida o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, tanlagan mavzulari bo‘yicha diplom ishini himoya qildi.

Komissiya a’zolari tomonidan bitiruv malakaviy ishlari ijobiy baholandi.

 

Bu talaba-yoshlar, qolaversa, professor-o‘qituvchilar uchun ham hayajonli onlardir. Himoyada bo‘lajak mutaxassislar kelajakda filial professor-o‘qituvchilari tomonidan berilgan bilim va ko‘nikmalarni oqlab, veterinariya sohasi rivojida munosib hissalarini qo‘shishiga katta ishonch bildirildi.

Zooinjeneriya yo‘nalishida tahsil olgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari himoyasi kelgusi hafta bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content