Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

13
October

qrvetgov.uz| 431

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashxis markazi VSE laboratoriyasi xodimlari tomonidan Nukus tumanida o‘quv seminari tashkil etildi.

⚡️Joriy yilning 10-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashxis markazi VSE laboratoriyasi xodimlari tomonidan Nukus tumanida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbirda Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar davomida veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida amalga oshiriladigan tashxis ishlari, zamonaviy laborator tahlil usullari, namuna olish va saqlash qoidalari, shuningdek, biologik xavfsizlik standartlariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, tajriba almashish va yangi uslublarni o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar laboratoriya faoliyatini yanada takomillashtirish, tahlil sifatini oshirish hamda kasbiy malaka va tajribani mustahkamlash borasida o‘zaro fikr almashdilar.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content