Bugungi kunda chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish orqali xalqimizni arzon sifatli go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarda yashayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadini ko‘paytirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Xususan, Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2025 yil 30 yanvardagi «Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-15-sonli farmoni hamda 2025 yil 30 yanvardagi «Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-34-sonli qarori qabul qilindi.
Joriy yilning 15-may kuni PF-15-sonli farmon va PF-34-sonli qarorda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Boboyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Q.Pirnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Koziyev, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari A.Seytaxov, tijorat banki rahbarlari, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshliqlari, chorvador fermerlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida OAV vakillari va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.