Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

5
May

qrvetgov.uz| 191

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, so‘z san’atining zabardast namoyandasi Ibroyim Yusupov tavallud topgan kun. Uning yurak tubidan bitilgan she’rlari qalblarimizga teran muhrlanib, ma’naviy dunyomizni boyitib kelmoqda.

Shoir ijodi — xalq ruhi, yurtga muhabbat va insoniy tuyg‘ularning beqiyos ifodasidir. Qoraqalpoq xalqining har bir farzandi uchun ulug‘ shoir xotirasi aziz, ijodi esa doimo ardoqlidir.
⚡️Joriy yilda Ibroyim Yusupovning 97 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bu — uning ulug‘vor merosiga bo‘lgan yuksak ehtirom va cheksiz hurmatning xalq qalbidagi muhridir.
Ma’lumot o‘rnida, Ibroyim Yusupov 1929-yil 5-may kuni Chimboy tumanida tug‘ilgan. Uning ko‘plab she’riy to‘plamlari nashr etilgan va adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o‘rin olgan.
⚡️Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Nukus shahrida shoir xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik va uning nomidagi ijod maktabi barpo etilgan.
Ibroyim Yusupov xotirasi xalq qalbida mangu barhayot.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content