Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

24
April

qrvetgov.uz| 83

Chorvachilik sohasida sanitariya va profilaktika choralari kuchaytirilmoqda.

Joriy yilning 18 aprelidan 18 mayiga qadar mamlakatimizda «Chorvachilikda sanitariya-epidemiologik gigiyena» oyligi e’lon qilingan. Ushbu oylik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining shahar va tumanlardagi bo‘limlari tomonidan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, uy hayvonlarini quturish kasalligiga qarshi va chorva mollarini «oqsil» kasalligiga qarshi emlash ishlari olib borilmoqda. Tadbirlar oldindan tasdiqlangan grafik asosida tashkil etilib, har bir hududdagi xonadonlar va chorvachilik subyektlarini to‘liq qamrab olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, chorva mollari saqlanadigan joylarda sanitariya holatini yaxshilash maqsadida muntazam ravishda dezinfeksiya ishlari ham olib borilmoqda. Bu jarayonlar kasallik qo‘zg‘atuvchi omillarni bartaraf etish, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va chorva mollari uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mutaxassislar tomonidan emlash va dezinfeksiya jarayonlari zamonaviy veterinariya talablari, sanitariya-gigiyena me’yorlari va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda. Bu esa hayvonlar o‘rtasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, epizootik barqarorlikni ta’minlash bilan birga, aholi salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ushbu oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar chorvachilik sohasini yanada rivojlantirish, sohada barqarorlikni ta’minlash hamda aholining sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content