E’lon! Hurmatli fuqarolar!
Ayni paytda Respublika miqyosida Veterinariya mutaxassislari tomonidan xonadonlarda saqlanayotgan chorva va uy hayvonlari orasida kasalliklarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, quturish, sil, nodulyar dermatit va kuydirgi kasalliklariga qarshi emlash va veterinariya tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, barcha fuqarolardan uylarida saqlanayotgan chorva va uy hayvonlarini profilaktik emlash uchun veterinariya mutaxassislariga ko‘rsatishi va profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etishi so‘raladi.
Profilaktik tadbirlarda faol ishtirok etish orqali hayvonlar salomatligini saqlash va xavfli kasalliklar tarqalishining oldini olish mumkin.