Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan respublika hududidagi dehqon bozorlarida olib borilayotgan nazorat tadbirlari bo‘yicha ochiq suhbat tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirdan asosiy maqsad – bozorlarda sotish uchun chiqarilayotgan chorvachilik va oziq-ovqat mahsulotlarining veterinariya-sanitariya talablariga muvofiqligini ta’minlash, iste’molchilarning salomatligini muhofaza qilish va amalga oshirilayotgan nazorat ishlari bo‘yicha jamoatchilikni har tomonlama xabardor qilishdan iborat.



Ochiq-oydin suhbat davomida, IIV JXX JTSB (Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi) karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi komandiri D.Bekmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi diagnostik ishlarni muvofiqlashtirish va monitoring qilish sektori boshlig‘i R.Ubaydullayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi laboratoriya markazi veterinariya sanitariya laboratoriyasi vetvrachi Aydarova Almagul, Nukus shahri Markaziy dehqon bozori №1 sonli veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasi mudiri N.Daryabaevlar tomonidan ma’lumotlar taqdim etilib:
Dehqon bozorlarida o‘tkazilayotgan nazorat va monitoring ishlari natijalari;
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi jarayonlari;
Aniqlanayotgan qoidabuzarliklar va ularni bartaraf etish choralari;
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan tizimli choralar keng muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va jamoatchilik faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga bevosita soha mutaxassislaridan javoblar oldi.