Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

23
February

qrvetgov.uz| 155

Kegeyli tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Kegeyli tumanida “Odamlar va hayvonlar o‘rtasida qutirish kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDqT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv mashqida tuman FVDqT xodimlari, veterinariya hamda sanitariya-epidemiologiya xizmatlari vakillari faol ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida qutirish kasalligi aniqlangan sharoitda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi tezkor harakatlari, hududni nazoratga olish, kasallik o‘chog‘ini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish tartibi, kuch va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish, axborot almashinuvini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quv mashqi yakunida xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikdagi tezkor harakatlar samaradorligi baholanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash, odamlar va hayvonlar o‘rtasida qutirish kasalligi tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content