Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

16
February

qrvetgov.uz| 158

Chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 12 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Agrar, suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi A.Jumanazarov rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha suhbat tashkil etildi.

Unda hududda chorvachilik sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish, naslchilik ishlarini samarali tashkil etish, ozuqa bazasini mustahkamlash va zamonaviy biotexnologik usullarni qo‘llash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

A.Jumanazarov o‘z nutqida bugungi kunda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.

Muloqot jarayonida ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, hududiy muammolarni manzilli o‘rganish, yosh mutaxassislarni amaliy loyihalarga jalb etish va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Yig‘ilish yakunida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content