Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

26
June

qrvetgov.uz| 147

«7-1-7» modeli asosida epizootologik kuzatuv, pandemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha muhim seminar tashkil etildi.

2025 yil 23 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashabbusi bilan «Markaziy Osiyoda yagona ijtimoiy salomatlik dasturi» doirasida muhim seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv seminarida tuman va shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining hayvonlar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminarda mutaxassislar pandemiyaga tayyorgarlik va javob choralari, hayvonlardan yuqadigan (zoonoz) kasalliklarning erta aniqlanishi, o‘z vaqtida xabar qilinishi va tezkor choralar ko‘rilishini ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi. Ushbu tadbirda, ayniqsa, «7-1-7» modeli asosida epizootologik kuzatuv olib borish mexanizmlari chuqur tahlil qilindi.

«7-1-7» modeli – kasallik aniqlangandan so‘ng 7 kun ichida aniqlash, 1 kun ichida xabar berish va 7 kun ichida tezkor javob choralarini ko‘rishni nazarda tutadi. Bu yondashuv epidemiyalarning oldini olishda, bioxavfsizlikni ta’minlashda va hayvonlar salomatligini muhofaza qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Seminar davomida amaliy mashg‘ulotlar, tajriba almashish va real vaziyatlar asosida muhokamalar tashkil etildi. Ishtirokchilar hayvonlar salomatligi bo‘yicha doimiy monitoring tizimini rivojlantirish, sohada hamkorlik va xalqaro tajribalarni integratsiya qilish zarurligiga e’tibor qaratdi.

FAO tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday tashabbuslar mintaqaviy salomatlikni mustahkamlash, xavf-xatarlarning oldini olish va epizootik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadamdir.

Search

Ўзбекистон Республикаси Президенти расмий веб-сайти

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content