🔍 Bozorda mahsulotlarning sifatini nazorat qilish
Xo‘jayli tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari bilan birgalikda mahalliy bozordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘rganib chiqdi.

Reyd davomida poliz mahsulotlari va mevalardan nitrat miqdorini aniqlash uchun namunalar olindi. Nitratlar miqdori me’yordan yuqori bo‘lgan mahsulotlar belgilangan tartibda utilizatsiyaga yuborildi.

❗️ Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini nazorat qilish – ovqatdan zaharlanishning oldini olish va xalqning salomatligini ta’minlashning muhim qismi.