⚡️Yaylovlarni ijraga berish jarayonlari boshlab yuborildi.
Davlatimiz rahbarining «Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qo‘mita tomonidan biriktirilgan Azamat Kaypanov ishtirokida qorako‘lchilik xo‘jaliklari bilan hududlarga chiqqan holda yaylov maydonlarini uzoq yil muddatga ijraga berish bo‘yicha shartnoma tuzish jarayonlari boshlab yuborildi.