«Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholiga yuqori sifatli go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash eng muhim masalalardan biridir.
Joriy yilning 25-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida «Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Q.Pirnazarov ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, dehqon bozorlari aholini kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlovchi asosiy joylardan biri hisoblanadi. Shu bois fuqarolarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz, Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu doirasidagi savollariga javoblar oldi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Axborot xizmati.