Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

16
May

qrvetgov.uz| 703

Hayvonlarni identifikatsiya qilish tartibini bilasizmi? (Soʼrov-javob)

Hayvonlarni identifikatsiya qilish degan nima?

Birkalash, tamgʼalash, jetonlash va chip oʼrnatish orqali hayvonlarga individual raqam berish, hayvonlar haqida maʼlumotlarni elektron axborot tizimiga kiritish va ularga veterinariya pasportini rasmiylashtirish.

Veterinariya pasporti nima?

Veterinariya pasporti – bu hayvonning identifikatsiya raqami, uning egasi, hayvonlarning kasalliklarga qarshi emlanganligi, davolash ishlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qayd etib boriladigan hujjat.

Identifikatsiya qilish tartibi:

Hayvon egalari hayvon tugʼilgandan maʼlum muddat oʼtgach doimiy yashash joyidagi veterinariya xizmatining vakiliga murojaat qilishi lozim.

Har bir hayvon turiga bu muddat ularning tugʼilgandan keyin yashab qolishi tendentsiyasini hisobga olgan holda alohida belgilangan. Masalan, qoramol, qoʼy va echkilar, tuyalarning bolalari – 14 kunligidan, qulunlar va xoʼtiklar – 4 oyligidan roʼyxatga olinadi.

Identifikatsiya qilish uchun hayvonlarni veterinariya boʼlimlariga olib borish kerakmi?

Veterinariya xizmati vakilining oʼzi ariza kelib tushgandan soʼng 3 kun ichida joyiga borib hayvonlarni identifikatsiya qiladi (toʼlov asosida). Hayvon egasining xohishiga koʼra, it va mushuklar ixtiyoriy ravishda veterinariya boʼlimlariga olib borilishi mumkin.

Hayvonlarni identifikatsiya qilish majburiymi?

Qoramollar, qoʼy va echkilar, choʼchqalar, otlar, eshaklar va tuyalar, itlar va mushuklarni identifikatsiya qilish shart. Ushbu shartni bajarmaslik veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish hisoblanadi va tegishli javobgarlikka olib keladi.

Identifikatsiya qilingan hayvonlar sotilsa va hadya etilsa nima boʼladi?

Hayvonni sotib olgan odam doimiy yashash joyidagi veterinariya xizmati orqali 7 kun ichida hayvonni hisobga qoʼydiradi. Bunda hayvon yangidan identifikatsiya qilinmaydi yoki yangi pasport berilmaydi. Eski pasportiga tegishli yozuv kiritiladi va masʼul xodim tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi Matbuot xizmati.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content