Qoraqalpog‘istonda epizootik barqarorlikni taʼminlash maqsadida hayvonlarni Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalliklariga qarshi profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Xususan , Nukus tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan QQGI kasalligining oldini olish maqsadida chorva bozorlarida va chorva mollari saqlanadigan o’rinlarda ektoparazitlarga qarshi dezinseksiya ishlari jadal olib borilmoqda.

Shuningdek, hayvon egalariga ushbu kasallikning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish va kasallik paydo bo‘lganda veterinariya xizmati xodimlari tomonidan ko‘riladigan zarur choralar borasida tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati.