Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

25
January

qrvetgov.uz| 378

Matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan epizotiyaga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlar bo’yicha «ZOOM» orqali onlayn matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

 Matbuot anjumaniga  qo’mita boshlig’ining o’rinbosari B. Kurbaniyazov, qo’mita bo’lim rahbarlari, jurnalist va blogerler qatnashdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasining 2024-yil 10-yanvar’dagi 4-sonli buyrug’iga muvofiq  Qoraqalpog’iston Respublikasida epizootik barqarorlikni ta’minlash va profilaktik chora-tadbirlarning sifatini oshirish maqsadida “ dolzarb 90 kunlik ” e’lon qilinib epizotiyaga qarshi keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

 Bugungi bo’lib o’tgan matbuot anjumanida epizotiyaga qarshi profilaktik tadbirlarning natijalari taqdim qilindi. Bu tadbirlar hayvonlar va odamlar uchun og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan turli yuqumli xastaliklardan himoyalashga qaratilgan.

 “Dolzarb 90 kunlik ” doirasida hududlardagi chorva mollari yuqumli “Teylerioz”, “Oqsil”, “Kuydirgi” kasalliklariga, uy hayvonlari “Qutirsh” kasalligiga qarshi emlash ishlari jadal olib borilmoqda.

 Bundan tashqari, «Qorason», «Brutsellyoz », «Nodulyar dermatit», «Qrim-Kongo gemorragik isitma» kasalligi va boshqada yuqumli kasalliklarning oldin olish choralari ko’rilmoqda.

 Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari mavzu doirasida savollariga javoblar oldi.

 Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi Matbuot xizmati.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content