Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

13
June

qrvetgov.uz| 469

Konstitutsiyaga eng ko‘p yuborilayotgan takliflar qaysi masalalarga oid?

 

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan eng ko‘p takliflar inson huquqlari, sud hokimiyati va boshqalarga oid masalalar yuzasidan yuborilmoqda.

Bu haqda Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmati brifingida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 11 iyun holatiga ko‘ra jami 20 ming 148 ta taklif kelib tushgan. Ularning aksariyati meningkonstitutsiyam.uz platformasi orqali qabul qilingan. Takliflarning 11 ming 306 tasi erkaklar, 6 ming 422 tasi esa ayollar tomonidan yuborilgan (2420 tasi anonim). Takliflarning 70 foizidan ortig‘i 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan kelib tushgan.

Shuningdek, eng ko‘p takliflar Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan kelib tushmoqda.

Ular olimlar, mutaxassislar ishtirokida keng muhokama qilinib, norma holatiga keltirilgan. Ularning aksariyati inson huquqlari, mazkur huquqlarning kafolatlari, oila instituti, sud hokimiyati va boshqalarga oid masalalardir. Takliflar bilan ishlash guruhi tomonidan 24 soat davomida fuqarolar takliflari qabul qilinmoqda.

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari, ayniqsa, siyosiy partiyalar, mahallalar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining faolligi yaqqol sezilmoqda.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content