Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

2
June

qrvetgov.uz| 644

Chorvachilik sohasida o’qiv seminari o’tqazildi

Bugun poytaxtimiz Nukus shahrida ATB Agrobank inshootida chorvochilik sohasida tadbirkorlik bilan shug’ullanib kelayotgan fermerlar uchun  “aholi xonadonlarida go’sht va sut uchun boqiladigan qoramol zotlarini ko’paytirish va sun’iy urug’lantirishni keng ko’lamda tashkil etish orqali mahalliy mahsuldorligi past bo’lgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning afzalliklari va iqtisodiy samarasi to’g’risida aholining amaliy ko’nikmalarini oshirish choralarini ko’rish.» haqidagi o’qiv seminari o’z yakuniga  yetdi.

O’zbeksdan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi PQ-120 -sonli qarorining 2-ilovasining 21-bandi va 2022-yil 16-fevral’ kungi kengaytirilgan ravishda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishidagi 15-sonli bayonotinin 17-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, Ipakchilik va jun sanoatin rivojlandirish  qo’mitasi, ATB Agrobank tijorat banki hamda Qo’mita bilan birgalikda, 2022-yilning 30 –may sanasidan 28-iyun sanasi oralig’ida fermer xo’jaliklari rahbarlari uchun, bárcha vilayotlar va  Qoraqalpog’iston Respublikasida o’qiv seminarlarini tashkillashtirish bo’yicha jadval va dastur  ishlab chiqildi.

Belgilangan jadval va dastur  asosida Qoraqalpog’iston respublikasida tashkillashtirilgan o’qiv seminarida Qoraqalpog’iston Respublikasi “Chorvanasil” markazi  va Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasining tegishli mutaxassislari, shu jumladan chorvachilik faoliyat yuritayotgan barcha tumanlardagi fermer xo’jaliklari rahbarlari xamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Joriy yilning 1-2-iyun kunlari davomida o’tkazilgan o’qiv seminari Tashkent shahridan va Samarqand viloyatidan kelgan tajribali professor o’qituvchilari tomonidan olib borildi. O’qiv seminari davomida chorvachilik  sohasini  yanada  rivojlantirish, shuningdek xo’jaliklarda go’sht va sut uchun boqiladigan násilli qoramollarni ko’paytirish va sun’iy uruǵlantirishni keng ko’lamda tashkil etish mahalliy mahsuldorligi past bo’lgan mollarning bosh sonini bosqichma-bosqich kamaytirishning avzalliklari va iqtisodiy samarasini oshirish haqida xalqning amaliy ko’nikmalarini oshirish choralarini ko’rish.» bo’yicha fikr va tavsiyalar bildirilib, ishtrokchilar o’zlarin qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

Shu jumladan, tashkillashtirivchiler tomonidan o’qiv seminariga faol qatnashgan fermer xo’jaliklari rahbarlari, talaba yoshlar hamda ayrim boshqa xizmat vakillariga «sertifikat» hamda sovǵalar topshirildi.

 

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content