Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

31
August

qrvetgov.uz| 421

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasida soha xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi, chorva fidoyisi ko‘krak nishonlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qo‘mita raisi M.Kaypanov hamda veterinariya sohasi mutaxassislari va mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbirda M.Kaypanov veterinariya va chorvachilik xodimlarining samarali faoliyati va ularning malakasini oshirish uchun hukumatimiz tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatilishini bildirdi.


Veterinariya fidoyisi va chorva fidoyisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar, o‘z navbatida, ushbu mukofotni o‘zlari uchun katta sharaf deb bilishini va o‘z ishlarini yanada samarali olib borishga intilishini ta’kidladi. Ular, shuningdek, soha rivoji uchun zarur barcha choralarni ko‘rishni davom ettirishga va yangi maqsadlarga erishishga tayyorligini bildirdi.

«O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar.

📌Vaysova Sayda – Shumanay tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.
📌Jupxodjaev Amangeldi – Beruniy tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi.

«O‘zbekiston Respublikasi chorvador fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan xodimlar.

📌Yaxshimuratov Azat – Ellikqal’a tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi.
📌 Janakulov Turganbay – Taxtako‘pir tumani Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasining bosh cho‘poni.
📌 Serkaziev Nurxat – Qorao‘zak tumani «Nurtilek Qorao‘zak» fermer xo‘jaligining cho‘poni.
📌 Utarbayev Elubay – Taxtako‘pir tumani «Blan jaylov» fermer xo‘jaligining cho‘poni.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content