Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

30
May

qrvetgov.uz| 498

Dehqon bozorlarida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda xalqimizni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati Karantin choralarini ta’minlash guruhi xodimlari bilan birgalikda Mamlakatimizda Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholiga yuqori sifatli go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida respublikamizning barcha shahar-tumanlaridagi dehqon bozorlari hamda boshqa savdo obyektlarida sotilayotgan go‘sht va go‘sht mahsulotlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarining veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilgan holda sotilishi bo‘yicha doimiy ravishda nazorat ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 20-21-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati Karantin choralarini ta’minlash guruhi xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Respublikamizdagi dehqon bozorlarida, oziq-ovqat mahsulotlarini sotish joylarida, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etilishi, bozorlarda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi va matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini bozor joylaridan olib tashlash choralari ko‘rilib, bu bo‘yicha sotuvchilar bilan doimiy ravishda profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content