Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

12
May

qrvetgov.uz| 475

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-285-sonli qarori ijrosida Amudaryo tumanida seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-avgustdagi PQ-285-sonli «Chorvachilikda identifikatsiyalash tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, Amudaryo tumanidagi «Qipchoq» ovul fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Atajanov Qadam» chorva fermer xo‘jaligi va «Maxmud Mansur Muzaffar» ma’sulyati cheklangan jamiyatida identifikatsiyalash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi identifikatsiya markazi bo‘lim boshlig‘i O.Bolkiev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Qurbaniyazov hamda mahalliy fermerlar, chorvachilik sohasiga aloqador mutaxassislar ishtirok etishdi.

Seminarda chorvachilikda identifikatsiya tizimi joriy etilishining ahamiyati, uning foydalari, amaliyotga tatbiq etilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content