Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

30
April

qrvetgov.uz| 368

Sun’iy urug‘lantirish va naslchilikni rivojlantirish bo‘yicha ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish orqali xalqimizni arzon sifatli go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, ayniqsa, qishloq joylarda yashayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini ko‘paytirish imkoniyatlari yaratilmoqda.

Bugun «Sun’iy urug‘lantirish va naslchilikni rivojlantirish» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Q.Pirnazarov, chorvachilik sohasi mutaxassislari va fermerlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot texnik osemenatorlarning professionalligini oshirish va sun’iy urug‘lantirishning zamonaviy usullarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilib, ishtirokchilar chorva mollarining mahsuldorligi va salomatligini yaxshilashga xizmat qiladigan genetika sohasidagi eng yangi texnologiyalarni muhokama qildi.

Tadbir davomida ekspertlar naslchilik bo‘yicha amaliy tavsiyalari bilan bo‘lishib, chorvachilikda yuqori natijalarga erishish uchun sun’iy urug‘lantirishga alohida e’tibor qaratish muhimligini muhokama qildi.

«Yangi texnologiyalarni amaliyotda samarali qo‘llash uchun chorvachilik sohasidagi mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga harakat qilyapmiz,» – deya ta’kidladi Q.Pirnazarov.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content