🔬Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qat’iy nazoratda.
🔬Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati qat’iy nazoratda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

📌Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV JXX JTSB karantin guruhi xodimlari va Nukus shahri veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida bozorlarda va go‘sht mahsulotlarini sotish do‘konlarida nazorat tadbirlari olib borildi.

⚡️Shuningdek, mahsulotlarni saqlash va bu borada xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha tadbirkorlarga doimiy ravishda tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda.
