Kegeyli tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025-yil 17-yanvardagi 19-sonli buyrug‘iga muvofiq, «Qoraqalpog‘iston Respublikasida epizootik barqarorlikni ta’minlash va o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar sifatini oshirish maqsadida Chora-tadbirlar dasturi»ga asosan «Dolzarb 90 kunlik» e’lon qilinib keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Kegeyli tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan «quturish» kasalligining kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida, Kegeyli tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Tibbiyot birlashmasi, Obodonlashtirish, Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlari tomonidan kasallik aniqlangan taqdirda, zarur epidemiyaga qarshi choralarni tashkil etish bo‘yicha boshqaruv organlarining kuch va vositalarining o‘zaro hamkorlikda ishlashini hamda kasallikning oldini olish chora-tadbirlari amalda ko‘rsatib berildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishdan maqsad, yurtimizda epidemik va epizootik holatlarning barqarorligini ta’minlash, quturish kasalligi bilan bog‘liq yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishdir.