Oziq-ovqat mahsulotlari sifati qat’iy nazorat qilinmoqda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassis xodimlari tomonidan aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida dehqon bozorlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan,Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtkul tumani dehqon bozoriga sotish uchun keltirilgan 1686 kg yirik shoxli mol, 744 kg tovuq go‘shti,
118 kg sut va sut mahsulotlari, 9335 dona tuxum, 10220 kg don mahsulotlari hamda 38300 kg o‘simlikka mansub mahsulotlar veterinariya sanitariya ekspertizasidan o‘tkazilib, iste’molga yaroqliligi aniqlandi.

Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha savdo xodimlariga tushuntirish hamda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🧑🏻🔬 Xodimlar tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari yurtimizda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.