Naslli buzoqlar soni ortmoqda
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining joylardagi mutaxassis-osemenatorlari tomonidan aholi xonadonlaridagi xonaki sigirlar sun’iy urug‘lantirilishi natijasida naslli buzoqlar olinmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Dumankal’a MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonidagi xonaki sigirlarni naslli buqa urug‘i bilan sun’iy urug‘lantirish natijasida naslli buzoqlar olinmoqda.
