Epizotik barqarorlikni taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.
Tumanlarda veterinariya xizmati tomonidan hududlarda xayvonlarni yuqimli kasaliklarga qarshi profilaktik emlash ishlari davom etmoqda.

Xususan, Qorao’zak tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxasislari aholi xonadonlaridagi chorva mollari “Oqsil”, “Kuydirgi”, uy hayvonlari “Qutirish” kasaligiga qarshi profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, hayvon egalariga zooantroponoz kasalliklarning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish va kasallik paydo bo‘lganda veterinariya xizmati xodimlari tomonidan ko‘riladigan zarur choralar borasida tushuntirish va tavsiyalar berilmoqda.