Ellikqal’a tumanida yangi baliqchilik xo‘jaligi tashkil etildi.
Ellikqal’a tumani «Aqchako‘l» ovul fuqarolar yig’ini hududida «SALIM KURAMBOY» fermer xo‘jaligi tomonidan imtiyozli kredit mablag’lari asosida yangidan barpo etilgan sun’iy ko‘lga yil boshida 10 ming dona baliq chavoqlari yuborildi.

Ayni vaqtda baliqlar 3–4 kilogacha etib, tayyor mahsulot sifatida aholiga etkazilmoqda. Fermer xo‘jaligi rahbari tashabbusi bilan baliqdan tayyor taomlar tayyorlaydigan oshxona ham ishga tushirildi.