⚡️Keng ko‘lamli epizootik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi xodimlari tomonidan aholi salomatligi va chorva mollari xavfsizligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli epizootik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Tadbirlar doirasida chorva mollarida tarqalishi mumkin bo‘lgan xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va tezkor choralar ko‘rish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maxsus ishchi guruhlar tomonidan turli hududlarda profilaktik emlash, tekshirish va dezinfeksiya, dezinseksiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qonliko‘l, To‘rtko‘l, Chimboy, Kegeyli, Beruniy, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari tomonidan xonadonlarda saqlanayotgan chorva mollari «kuydirgi», «Nodulyar dermatit,» «Oqsil» kasalligiga, uy hayvonlari «quturish» kasalligiga qarshi vaksinalar bilan profilaktik emlanmoqda. Shu bilan birga, aholi o‘rtasida tushuntirish va profilaktika ishlari yo‘lga qo‘yilib, chorva mollarini to‘g‘ri saqlash, kasalliklar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.
Qo‘mita tomonidan olib borilayotgan bunday kompleks chora-tadbirlar nafaqat chorvachilikni barqaror rivojlantirishda, balki aholi salomatligini muhofaza qilishda ham muhim ahamiyatga ega.