Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

2
September

qrvetgov.uz| 79

Kasallikni yuqtirib olmaslikka e’tiborsiz bo‘lmasligimiz kerak

Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida «O‘ta xavfli kasalliklar (Quturish, Qrim-Kongo gemorragik isitma va o‘t-yara kasalligi, brutsellyoz) profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig’i o‘rinbosari V.Absattarova hamda favqulodda vaziyatlar, obodonlashtirish, veterinariya sohasi mutaxassislari tomonidan respublikamizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, oldini olish choralari, o‘ta xavfli zoonoantroponoz yuqumli kasalliklar haqida ma’lumot berildi. Zoonantroponoz infektsiyalar – odam va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan yuqumli kasalliklar bo‘lib, kasallik qo‘zg’atuvchi ikkala populyatsiyada ham aylanib, hayvonlardan odamga va odamlardan hayvonlarga o‘tishi mumkin. Bular qatoriga kuydirgi, tulyaremiya, salmonellyozlar, listerioz, brutsellyoz va bir qator boshqa kasalliklar kiradi.

Ta’kidlanganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan hamkor muassasa va tashkilotlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda respublikamizda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi paydo bo‘lishining oldini olish va uning profilaktikasi bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi – o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, tabiiy sharoitda chorva mollarida uchraydigan iksod kanalarining chaqishi natijasida odamga yuqadi.

Kana qoni odamning jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga tekkanda, shuningdek, kana qo‘l bilan ezib o‘ldirilganda, qo‘y va echkilarning junini qirqish paytida kanalarni kesganda hamda gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorni parvarishlash va tibbiy yordam ko‘rsatish paytida o‘zini himoya qilish choralari ko‘rilmasligi oqibatida kasallik virusi qon orqali odamga yuqishi mumkin.

Gemorragik isitma kasalligining yashirin davri 2-6 kun davom etadi. Ushbu davrda kasallikning klinik belgilari kuzatilmaydi.

Bemor qancha erta aniqlanib, shifoxonaga yotqizilsa, davolash shuncha yaxshi natija beradi va kasallik tarqalishining oldi olinadi.

Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda, ushbu kasallik bilan ilgari kasallanib tuzalgan fuqarolarning qon plazmasini qo‘llash samarali usul hisoblanadi. Gemorragik isitma kasalligining oldini olish uchun bozorlardan, yaylovlardan, qoramol, qo‘y-echkilarni kanaga qarshi dorilanmasdan uyga olib kelmaslik, mollarda kana aniqlanganda darhol veterinariya xodimlariga murojaat etib, ularning tavsiyasi asosida kanaga qarshi dorilash, kanalarni qo‘l, tosh, og’iz, bolg’a bilan ezib, qaychi bilan qiyib o‘ldirmaslik, qo‘y-echkilarning junini qirqish vaqtida himoya kiyimlari bilan ishlash, kanalar aniqlangan joylarda mollarni boqmaslik, u bilan bog’liq ishlarga homilador ayollarni va bolalarni jalb etmaslik, qirqish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi.

Brutsellyoz esa – bu bakterial guruhiga kiradigan infektsiya bo‘lib, turli yo‘llar bilan yuqadigan, tayanch-harakat va nerv tizimlarining, shuningdek, organ va tizimlarning shikastlanishiga olib keladigan zooantroponoz kasallik hisoblanadi.

Brutsellyoz kasalligining eng xavfli tomoni u odamning suyak-bo‘g’imlarini, nerv, tayanch-harakat a’zolarini zararlaydi. Kasallikni qo‘zg’atuvchi mikroblar kasal hayvonlardan ular chala yoki o‘lik tug’ilganda, uning yo‘ldoshida, bo‘g’oz bo‘lgan vaqtda, uning suyuqliklari orqali brucellalar tashqi muhitga keng tarzda tarqalib ketadi.

Sog’lom odam organizmiga brutsellalar oshqozon-ichak va nafas yo‘llari hamda jarohatlangan teri qatlamlari orqali yuqadi. Brutsellalar kasal hayvonlardan odamga oddiy sut va go‘sht mahsulotlaridan ham yuqadi. Shuning uchun ushbu kasallikning oldini olish maqsadida veterinariya va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda hayvonlarni laboratoriya usulida tekshirish, kasal mollarni molxonada so‘yish, mollarni o‘z vaqtida brutsellyoz kasalligiga emlab borish zarur.

Kasal mollarning sutini pasterizatsiya qilingandan keyin ishlatish, tug’ilgan paytida hamda junini qirqish mavsumida, kundalik parvarishda 18 yoshga to‘lmagan bolalarni qatnashtirmaslik kerak. Chorvachilikda ishlovchilardan sanitariya-gigiena qoidalariga to‘liq rioya qilish talab etiladi.

Veterinariya ko‘rigidan o‘tmagan molni so‘yish yoki mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin emas. Mana shu aytilgan choralar to‘liq bajarilsa brutsellyoz kasalligining oldini olgan bo‘lamiz.

Quturish kasalligi esa – hayvon tishlaganda yuqadigan 100 foiz og’ir oqibatga olib keladigan o‘ta yuqumli kasallik.

Matbuot anjumanida daydi itlardan ehtiyot bo‘lish kerakligi, ularning to‘plangan joylarini aniqlash, saqlash, egasi bor itlarning ham fuqarolarni tishlab keltirayotgan zararlari, vaktsina olish tartib-qoidalari, muddatlari, daydi itlarni alohida saqlashda uchrayotgan muammolar ta’kidlanib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

Search

Ўзбекистон Республикаси Президенти расмий веб-сайти

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content