Xo‘jayli tumanida «Naslchilik ilmiy ishlab chiqarish markazi» Qoraqalpog’iston Respublikasi filialida «In vitro» usulida qoramollar embrionlarini ishlab chiqarish laboratoriyasi foydalanishga topshirildi.
Yangi laboratoriya uchun Jahon bankining grant mablag’lari hisobidan 135,6 ming dollarlik mablag’ ajratildi va ushbu laboratoriya xorijdan keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Shuningdek, 900 mln. so‘m mablag’lar ajratilib, laboratoriyada qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, grant mablag’lari hisobidan 60 ming dollarlik 1 dona «Mobil laboratoriya» hamda 15 ming dollarlik 1 dona xizmat avtomobili bilan ta’minlandi.