Xo‘jayli tumanida «In vitro» usulida qora mol embrionini tayyorlash laboratoriyasi tashkil etildi.
Jahon bankining 135,6 ming dollar grant mablag’lari asosida Xo‘jayli tumanida qoramollarni sun’iy ko‘paytirishning zamonaviy usuli — «In vitro» texnologiyasi bo‘yicha laboratoriya tashkil etildi.

Ushbu loyiha Qoraqalpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Naslchilik ilmiy markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Jihozlar AQSh, Germaniya, Xitoy va Rossiyadan keltirildi. Mutasaddilar xorijda malaka oshirishdi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida yuqori naslli qoramollar tez etishtirilib, go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmi oshishi kutilmoqda.