Қарақалпақстан Республикасы Ветеринария хәм шаруашылықты рауажландырыу комитети

  • #
    Электрон почта

    kkr@vetgov.uz

  • #
    Телефон:

    61 224-16-23

qrvetgov.uz | 31 March 2021| 170

Tez-tez beriladigan savollarga javoblar

  1. Hayvonlarni identifikatsiya qildirmasa xam buladimi? Hayvonlarni davlat veterinariya xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazish va identifikatsiya qildirish majburiydir. Identifikatsiya qilinmagan hayvonlarni saqlash va boqish ta’qiqlanadi. Identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut yoki veterinariya pasporti bo‘lmagan hayvonlar identifikatsiya qilinmagan hisoblanadi va ular nazoratsiz hisoblanib, belgilangan tartibda egasini aniqlash uchun tutib olinadi.

  2. Hayvonlarni qayerda so‘yish kerak? So‘yiladigan hayvonlarni tijorat maqsadlarida faqat ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonasida so‘yish majburiy (veterinariya vrachining ruxsati bilan shaxsiy ehtiyoji uchun so‘yish bunga kirmaydi)!

  3. Hayvon qanday sotiladi?  Hayvon egalari hayvon sotilganligi yoki sovg‘a qilinganligini veterinariya pasportida Davlat veterinariya xizmati vakiliga tasdiqlatishga majbur! Bunda, hayvon egalari o‘zlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham taqdim etadi.

  4. Hayvon sotib olganda nima qilish kerak?  Xaridor (sotib oluvchi) hayvonni sotib olganda (sovg‘a olganda) doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat veterinariya xizmati vakiliga yetti kun ichida hayvonni hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart!

  5. Hayvonlar tug‘ilganda qancha muddatda identifikatsiya qilinadi?

    Qoramol, qo‘y va echkilar, tuyalarning bolalari tug‘ilganidan keyin o‘n to‘rt kundan keyin bir oydan kechikmay,

    qulunlar va eshaklar to‘rt oyligidan,

    cho‘chqa bolalari bir oylikdan,

    it va mushuklar uch oylikdan hisobga olinadi.

  6. Itlarni ko‘chalarda olib yurishda (sayr) tartiblar bormi?  Itlar ochiq joylarda yoki shu uchun maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qilinadi, itning egasi it qochib ketmasligi yoki odamlarga yoki boshqa hayvonlarga hujum qilmasligi choralarini ko‘rishi shart. Shuningdek, it bo‘yniga jeton mahkamlangan holda yetaklab yurib sayr qilinishi kerak. It ochiq joylarda sayr qilinganda u tumshug‘ida va 2 metrgacha uzunlikdagi yetakda, jamoat joylarida esa 1 metrgacha uzunlikdagi yetakda bo‘lishi kerak.

  7. Qarovsiz va daydi it va mushuklar paydo bo‘lganda kimga murojaat qilish kerak?    Ko‘chalarda qarovsiz va daydi it va mushuklar paydo bo‘lganda darhol shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limiga xabar berish zarur.

  8. Ko‘p qavatli uylarda nechta it va mushuk saqlash mumkin?     Ko‘p qavatli turar joyning alohida kvartirasida qo‘shnilarning va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining kelishuvi bilan bittadan ortiq bo‘lmagan it va bitta mushukni saqlashga ruxsat berilgan bo‘lsa, alohida turar joylarda itlarni faqat bog‘langan holda saqlashga ruxsat beriladi.

Search

(Қарақалпақша) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti

Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń sociallıq tarmaqlardaǵı rásmiy betleri

Tags

Skip to content