“Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant tashkil etildi
Bugun Qoraqolpog’iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam 31-yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy diktant tashkil etildi.
Xodimlar o‘z ijodiy ishlarida mamlakatimizda yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va yangi moddalar ijrosini ta’minlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga bo‘lgan doimiy e’tibor, oila mustahkamligini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasini keng bayon etishdi.

Tadbir qatnashchilari barchani Bosh Qomusimiz hamda Davlat madhiyamizning qabul qilingan kunlari bilan tabriklab, oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.