{"id":690,"date":"2022-04-26T15:13:05","date_gmt":"2022-04-26T12:13:05","guid":{"rendered":"https:\/\/qrvetgov.uz\/?p=690"},"modified":"2022-04-26T15:13:05","modified_gmt":"2022-04-26T12:13:05","slug":"2022-2026-zhyllarda-analy%d2%9b-%d2%b3%d3%99m-balaly%d2%9bty-%d2%9bor%d2%93a%d1%9edy-k%d2%afshejti%d1%9e-%d2%b3a%d2%9b%d2%9bynda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/2022\/04\/26\/2022-2026-zhyllarda-analy%d2%9b-%d2%b3%d3%99m-balaly%d2%9bty-%d2%9bor%d2%93a%d1%9edy-k%d2%afshejti%d1%9e-%d2%b3a%d2%9b%d2%9bynda\/","title":{"rendered":"2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"color: #333333; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi \u201c2022-2026 yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u201360-son Farmoni bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko\u2018rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta\u2019minlash vazifasi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi, natijada onalar va go\u2018daklar o\u2018limining kamayishiga erishildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo\u2018naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga ko\u2018rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog\u2018lom bola tug\u2018ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022 yil 18 mart kuni o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining sog\u2018liqni saqlash sohasi vakillari bilan \u201cTibbiyotdagi islohotlar \u2013 inson qadri uchun\u201d mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash maqsadida:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">1. Quyidagilar 2022-2026 yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo\u2018nalishlari etib belgilansin:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">a) sog\u2018liqni saqlash tizimining birlamchi bo\u2018g\u2018inida onalar va bolalar o\u2018rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog\u2018lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">sog\u2018lom farzand tug\u2018ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo\u2018yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to\u2018g\u2018ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ\u2018ib etish, sog\u2018lom turmush tarzi ko\u2018nikmalarini shakllantirish;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta\u2019minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">b) 2022-2026 yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko\u2018rsatiladigan ob\u2019ektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta\u2019mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">v) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2. 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish bo\u2018yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">3. Sog\u2018liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u2018allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">quyidagilarni:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Nukus shahrida \u201cBolalar tibbiyot klasteri\u201d;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo\u2018limi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2022 yil 1 maydan boshlab tuman (shahar) ko\u2018p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo\u2018limi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo\u2018limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko\u2018rsatuvchi pediatriya postlari;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan, orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo\u2018yish bo\u2018yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalarini tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023 yillarda jami 29<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mexriban Jumabaeva, [26.04.2022 17:09]<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt;\">ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">yangi tug\u2018ilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tug\u2018uruq komplekslarida tatbiq etish;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan elektron kuzatuv (treking) markazlarini jihozlash.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Belgilansinki:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">a) Nukus shahridagi \u201cBolalar tibbiyot klasteri\u201d Bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali tashkil etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunda:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Bolalar ko\u2018p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog\u2018iston tibbiyot instituti klinikasi va Bolalar stomatologiya poliklinikasi \u201cBolalar tibbiyot klasteri\u201d tarkibiga kiritilib, yagona boshqaruv yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cBolalar tibbiyot klasteri\u201d binosi 2023 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">b) 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda 6 o\u2018rindan kam bo\u2018lmagan chaqaloqlar reanimatsiyasi bo\u2018limi qo\u2018shimcha shtat birliklari ajratish hisobidan tashkil etiladi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">v) tuman (shahar) ko\u2018p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahar oilaviy poliklinikalarida tashkil etiladigan bolalar bo\u2018limi mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi va unda pediatriya yo\u2018nalishi bo\u2018yicha barcha tor soha mutaxassislari, maktab o\u2018quvchilariga xizmat ko\u2018rsatish uchun shifokor-pediatrlar, bolalar shifokor-ginekologi, tegishli o\u2018rta tibbiyot xodimlari, vaksinatsiya xonasi xodimlari, \u201ctibbiyot brigadalari\u201ddagi pediatriya hamshiralari faoliyat yuritadi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">g) shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish uchun kechayu kunduz faoliyat yuritadigan qo\u2018shimcha navbatchilik postlari tashkil etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">4. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko\u2018p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar hamda homilador va tug\u2018ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to\u2018liq qamrab olish uchun 2022 yil 1 iyuldan boshlab \u201ctibbiyot brigadalari\u201d tarkibiga qo\u2018shimcha 3 600 ta, 2023 yil 1 yanvardan boshlab yana qo\u2018shimcha 4 900 ta o\u2018rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratilsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">5. Sog\u2018liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) Moliya vazirligi (T.Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tuman (shahar) ko\u2018p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimiga qo\u2018shilishi ko\u2018zda tutilgan yangi shtatlardan kelib chiqib, shtat me\u2019yorlarini qayta ko\u2018rib chiqsin va tasdiqlasin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">6. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi \u201cReproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko\u2018rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko\u2018lamini yanada kengaytirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ\u20134513-son qarori bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (A.N. Aripov):<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo\u2018yicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy nazorat qilsin;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har bir viloyat, tuman (shahar) kesimida ma\u2019lumot taqdim etib borsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sog\u2018liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda \u201cReproduktiv salomatlik, onalik va bolalik masalalari bo\u2018yicha\u201d respublika shtabi, 14 ta hududiy shtatlar faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018ysin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hududlarda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarga ko\u2018rsatilayotgan tibbiy xizmat faoliyatini tizimli o\u2018rganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo\u2018yi<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mexriban Jumabaeva, [26.04.2022 17:09]<\/span><br \/>\n<span style=\"font-size: 14pt;\">cha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish shtabning asosiy vazifalari hisoblansin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">7. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida ilik ko\u2018chirish amaliyotini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida 2022 yilda yangi maxsus amaliyot kompleksining binosini qurish va jihozlash uchun Onkogematologik va davolash qiyin bo\u2018lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog\u2018lomlashtirishga ko\u2018maklashish jamg\u2018armasidan zarur mablag\u2018 ajratilsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2022 yil 1 maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo\u2018lga qo\u2018yilsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">8. Moliya vazirligi ushbu qarorda ko\u2018zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili Davlat byudjetidan zarur mablag\u2018lar ajratilishini ta\u2019minlasin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.Vafayev) Sog\u2018liqni saqlash vazirligi (B.Musayev) bilan birgalikda 2022-2025 yillar davomida 227 ta tug\u2018uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni to\u2018liq ta\u2019mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag\u2018larini jalb qilsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">10. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">11. Sog\u2018liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar to\u2018g\u2018risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">12. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas\u2019ul va shaxsiy javobgar etib sog\u2018liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas\u2019ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o\u2018rinbosari L.N. To\u2018ychiyev zimmasiga yuklansin.<\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezidenti Sh.MIRZIYOEV<\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<br \/>\n<script><\/script><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi \u201c2022-2026 yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":691,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/690"}],"collection":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=690"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":694,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/690\/revisions\/694"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/691"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}