{"id":4386,"date":"2025-09-02T06:19:37","date_gmt":"2025-09-02T11:19:37","guid":{"rendered":"https:\/\/qrvetgov.uz\/?p=4386"},"modified":"2025-09-02T06:19:43","modified_gmt":"2025-09-02T11:19:43","slug":"kesellikti-juqtirip-almaw%c7%b5a-itibarsiz-bolmawimiz-kerek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/2025\/09\/02\/kesellikti-juqtirip-almaw%c7%b5a-itibarsiz-bolmawimiz-kerek\/","title":{"rendered":"Kasallikni yuqtirib olmaslikka e\u2019tiborsiz bo\u2018lmasligimiz kerak"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida \u00abO\u2018ta xavfli kasalliklar (Quturish, Qrim-Kongo gemorragik isitma va o\u2018t-yara kasalligi, brutsellyoz) profilaktikasini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar\u00bb mavzusida matbuot anjumani o\u2018tkazildi.<\/span><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/69-36-1024x564-1.jpg\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-4385\" src=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/69-36-1024x564-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"564\" srcset=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/69-36-1024x564-1.jpg 1024w, https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/69-36-1024x564-1-300x165.jpg 300w, https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/69-36-1024x564-1-768x423.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig&#8217;i o\u2018rinbosari V.Absattarova hamda favqulodda vaziyatlar, obodonlashtirish, veterinariya sohasi mutaxassislari tomonidan respublikamizda bu yo\u2018nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, oldini olish choralari, o\u2018ta xavfli zoonoantroponoz yuqumli kasalliklar haqida ma&#8217;lumot berildi. Zoonantroponoz infektsiyalar \u2013 odam va hayvonlar uchun umumiy bo\u2018lgan yuqumli kasalliklar bo\u2018lib, kasallik qo\u2018zg&#8217;atuvchi ikkala populyatsiyada ham aylanib, hayvonlardan odamga va odamlardan hayvonlarga o\u2018tishi mumkin. Bular qatoriga kuydirgi, tulyaremiya, salmonellyozlar, listerioz, brutsellyoz va bir qator boshqa kasalliklar kiradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta&#8217;kidlanganidek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning shahar, tuman bo\u2018limlari tomonidan hamkor muassasa va tashkilotlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda respublikamizda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi paydo bo\u2018lishining oldini olish va uning profilaktikasi bo\u2018yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/67-69-1024x593-1.jpg\"><img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter size-full wp-image-4383\" src=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/67-69-1024x593-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"593\" srcset=\"https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/67-69-1024x593-1.jpg 1024w, https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/67-69-1024x593-1-300x174.jpg 300w, https:\/\/qrvetgov.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/09\/67-69-1024x593-1-768x445.jpg 768w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi \u2013 o\u2018ta xavfli yuqumli kasallik bo\u2018lib, tabiiy sharoitda chorva mollarida uchraydigan iksod kanalarining chaqishi natijasida odamga yuqadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kana qoni odamning jarohatlangan teri va shilliq qavatlariga tekkanda, shuningdek, kana qo\u2018l bilan ezib o\u2018ldirilganda, qo\u2018y va echkilarning junini qirqish paytida kanalarni kesganda hamda gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorni parvarishlash va tibbiy yordam ko\u2018rsatish paytida o\u2018zini himoya qilish choralari ko\u2018rilmasligi oqibatida kasallik virusi qon orqali odamga yuqishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gemorragik isitma kasalligining yashirin davri 2-6 kun davom etadi. Ushbu davrda kasallikning klinik belgilari kuzatilmaydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bemor qancha erta aniqlanib, shifoxonaga yotqizilsa, davolash shuncha yaxshi natija beradi va kasallik tarqalishining oldi olinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorlarni davolashda, ushbu kasallik bilan ilgari kasallanib tuzalgan fuqarolarning qon plazmasini qo\u2018llash samarali usul hisoblanadi. Gemorragik isitma kasalligining oldini olish uchun bozorlardan, yaylovlardan, qoramol, qo\u2018y-echkilarni kanaga qarshi dorilanmasdan uyga olib kelmaslik, mollarda kana aniqlanganda darhol veterinariya xodimlariga murojaat etib, ularning tavsiyasi asosida kanaga qarshi dorilash, kanalarni qo\u2018l, tosh, og&#8217;iz, bolg&#8217;a bilan ezib, qaychi bilan qiyib o\u2018ldirmaslik, qo\u2018y-echkilarning junini qirqish vaqtida himoya kiyimlari bilan ishlash, kanalar aniqlangan joylarda mollarni boqmaslik, u bilan bog&#8217;liq ishlarga homilador ayollarni va bolalarni jalb etmaslik, qirqish paytida shaxsiy gigiena qoidalariga qat\u2019iy amal qilish talab etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Brutsellyoz esa \u2013 bu bakterial guruhiga kiradigan infektsiya bo\u2018lib, turli yo\u2018llar bilan yuqadigan, tayanch-harakat va nerv tizimlarining, shuningdek, organ va tizimlarning shikastlanishiga olib keladigan zooantroponoz kasallik hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Brutsellyoz kasalligining eng xavfli tomoni u odamning suyak-bo\u2018g&#8217;imlarini, nerv, tayanch-harakat a&#8217;zolarini zararlaydi. Kasallikni qo\u2018zg&#8217;atuvchi mikroblar kasal hayvonlardan ular chala yoki o\u2018lik tug&#8217;ilganda, uning yo\u2018ldoshida, bo\u2018g&#8217;oz bo\u2018lgan vaqtda, uning suyuqliklari orqali brucellalar tashqi muhitga keng tarzda tarqalib ketadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sog&#8217;lom odam organizmiga brutsellalar oshqozon-ichak va nafas yo\u2018llari hamda jarohatlangan teri qatlamlari orqali yuqadi. Brutsellalar kasal hayvonlardan odamga oddiy sut va go\u2018sht mahsulotlaridan ham yuqadi. Shuning uchun ushbu kasallikning oldini olish maqsadida veterinariya va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda hayvonlarni laboratoriya usulida tekshirish, kasal mollarni molxonada so\u2018yish, mollarni o\u2018z vaqtida brutsellyoz kasalligiga emlab borish zarur.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasal mollarning sutini pasterizatsiya qilingandan keyin ishlatish, tug&#8217;ilgan paytida hamda junini qirqish mavsumida, kundalik parvarishda 18 yoshga to\u2018lmagan bolalarni qatnashtirmaslik kerak. Chorvachilikda ishlovchilardan sanitariya-gigiena qoidalariga to\u2018liq rioya qilish talab etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Veterinariya ko\u2018rigidan o\u2018tmagan molni so\u2018yish yoki mahsulotlarini iste\u2019mol qilish mumkin emas. Mana shu aytilgan choralar to\u2018liq bajarilsa brutsellyoz kasalligining oldini olgan bo\u2018lamiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quturish kasalligi esa \u2013 hayvon tishlaganda yuqadigan 100 foiz og&#8217;ir oqibatga olib keladigan o\u2018ta yuqumli kasallik.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Matbuot anjumanida daydi itlardan ehtiyot bo\u2018lish kerakligi, ularning to\u2018plangan joylarini aniqlash, saqlash, egasi bor itlarning ham fuqarolarni tishlab keltirayotgan zararlari, vaktsina olish tartib-qoidalari, muddatlari, daydi itlarni alohida saqlashda uchrayotgan muammolar ta&#8217;kidlanib, fikr-mulohazalar bildirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjumanda ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.<\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida \u00abO\u2018ta xavfli kasalliklar (Quturish, Qrim-Kongo gemorragik isitma va o\u2018t-yara kasalligi, brutsellyoz) profilaktikasini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":4384,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[17,9,10,8,5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4386"}],"collection":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4386"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4386\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4387,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4386\/revisions\/4387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4384"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4386"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4386"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/qrvetgov.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4386"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}